Özini özi band qilgan şaxslar 2021 yil uçun, ijtimoiy soliqni haqiqatda işlagan vaqtidan qat'i nazar, bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravarida tölovni bajaradi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Moliya vazirligi ma'lumotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, mehnatda özini band qilgan aholi röyxatiga kiritilgan şaxslar 2021 yil uçun 223 ming söm miqdorida ijtimoiy soliqni tölagan holda, öz faoliyatini davom ettirişi mumkin.

Şuningdek, 2021 yilda pensiyalarni hisoblaş tartibini soddalaştiriş maqsadida jismoniy şaxslarning ayrim toifasi uçun ijtimoiy soliq stavkalarini unifikatsiya qiliş taklif etiladi.

Masalan, «Usta-şogird» maktablari öquvçilari — ular 25 yoşga tölguniga qadar işlagan davri, dehqon xöjaliklari, şuningdek, mehnat şartnomasi asosida çet elda yollanib işlayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari, şuningdek, savdo uylarida, vakolatxonalarda (şu jumladan, yuridik şaxs taşkil etmasdan), Özbekiston Respublikasi davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan çet davlatlarda taşkil etilgan (oçilgan) taşkilotlarda işlayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat stajini hisoblab çiqiş uçun yiliga kamida 1 bazaviy hisoblaş miqdorida ijtimoiy soliq tölanişi nazarda tutilgan.

Ma'lumot uçun, jismoniy va yuridik şaxslarga xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş böyiça mehnat faoliyatini mustaqil amalga oşiradigan, YaTT sifatida röyxatga olinmagan va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy şaxslar özini özi band qilgan fuqarolar hisoblanadi. Uşbu toifadagi kasb egalari sirasiga sartaroş, uyda repetitorlik qiliş, enaga, uy xizmatçisi va boşqalar kiradi.

Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq özini özi band qilgan şaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy şaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Özini özi band qilgan şaxslar tomonidan belgilangan miqdorda tölangan ijtimoiy soliq summalari asosida ularning mehnat staji hisobga olinadi.