Şveytsariyaning dori bozorini nazorat qiliş organi mamlakat hududida Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarşi vaksinasidan foydalanişga ruxsat berdi. Bu haqda Swissmedic xabar bermoqda.
"Şveytsariya terapevtik mahsulotlarni muvofiqlaştiriş organi bergan ma'lumotga köra, vaksina ikkinçi marta kiritilganidan söng yetti kun ötgaç uning himoyalaş darajasi 90 foizdan oşadi", - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 8 dekabrda Buyuk Britaniya dunyoda birinçi bölib koronavirusga qarşi ommaviy emlaşni boşladi. Britaniya hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyalari hamkorlikda işlab çiqargan vaksinadan foydalanmoqda.
Yevropa dori vositalari böyiça agentligi BioNTech va Pfizer kompaniyalari vaksinasini qöllaşga 21 dekabrda ruxsat berişi kutilmoqda.













