Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Hukumat nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar” (BAA) kompaniyasi va mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shamol Zarafshan Energy” xorijiy korxonasi o‘rtasida investitsiya shartnomasi tasdiqlanadi.
Qaror bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma'qullandi.
Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valutada denominatsiyalangan qat'iy tarif o‘rnatiladi.
2019 yil 20 martda investor bilan O‘zbekistonda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini (ShES) loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangan.
Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
11:44 / 22.05.2026
“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari
18:48 / 21.05.2026