Kun.uz muxbirining xabar berişiça, çempionatda Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlardan kelgan 427 nafar samboçilar ğoliblik uçun kuraş olib boradi.

Musobaqaning oçiliş marosimida Özbekiston sambo assotsiatsiyasi prezidenti Alişer Alimov, assotsiatsiyaning viloyat bölimi boşliği Şavkatbek Nişonov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi boşliği Ötkirbek Toşpölatov sözga çiqişdi.

«Respublika miqyosidagi bunday nufuzli musobaqalarning viloyatlarda ötkazilişi yoşlar orasida sportni yanada ommalaştirişga xizmat qiladi. Andijonda taşkil etilgan mazkur çempionat ham viloyatdagi sport muxlislarida, ayniqsa, yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi. Umid qilamizki, musobaqa iştirokçilari orasidan kelajakda jahon çempionatlarida Özbekiston şarafini munosib himoya qiladigan çempionlar yetişib çiqadi», deydi Şavkatbek Nişonov.

Çempionat 26 dekabrga qadar davom etadi.