Navoiyda Içki işlar organlari örtasida Sambo va jangovar sambo böyiça respublika çempionatiga start berildi. Respublikaning barça viloyatlaridan kelgan tezkor vazifalarni bajariş safarbarlik otryadining terma jamoalari markaziy minbarga taklif etildi.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, beş kun davom etadigan mazkur sport musobaqasida 15ta jamoadan 150 nafar iştirokçi qatnaşmoqda.

«Bellaşuvlarda jamoa va yakka hisobda yuqori natijalarni egallagan iştirokçilar yakuniy bosqiçda Içki işlar vazirligining turli darajadagi diplom va sovğalari bilan rağbatlantirilişi közda tutilgan», – deydi IIV maxsus operatsiyalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari Sunnatali Abduqodirov.

Musobaqaning ilk jarayonlari bellaşuvga kelgan sportçilarga yuqori kayfiyat va kötarinkilik bağişlaş uçun badiiy va litsey öquvçilarining jangovar çiqişlari bilan boşlandi.