Bunga sport hakamlik sudi (CAS) 2020 yil dekabrda Rossiyaga ikki yil davomida jahon çempionatlari, Olimpiya va Paralimpiya öyinlarini ötkazişni taqiqlab qöygani sabab bölgan.

Mart oyida Rossiya sambo federatsiyasi FIAS va Moskva meriyasidan jahon çempionatini 2025 yilga köçirişni iltimos qilgan.         

FIAS’da ta'kidlanişiça, jahon çempionatini ötkazişga Özbekiston sambo assotsiatsiyasi ham ariza bergan va u ma'qullandi. Çempionat 11-15 noyabr kunlari bölib ötadi.

“Biz Özbekiston sambo assotsiatsiyasidan jahon çempionatini ötkazişga ariza oldik. Toşkentda 2025 yilda Ösmirlar Osiyo öyinlari ötkazilişini hisobga olib, Özbekistonga uşbu çempionatni ötkaziş imkoniyatini berişni maqsadga muvofiq deb hisoblayman”, deb aytgan FIAS prezidenti Vasiliy Şestakov. 

Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev musobaqa iştirokçilariga viza yordami körsatilişini ta'kidlab ötgan. 

“Pandemiya bilan boğliq murakkab vaziyat sababli Özbekiston elçixonasi yöq davlatlar sportçilariga viza yordami körsatiladi. Ular Özbekistonga kelişlari bilanoq aeroportda viza oladilar. Musobaqada iloji boriça köproq davlat vakillari iştirok etişi uçun Özbekiston elçixonasi bor davlatlarda viza oliş jarayoni tezlaştiriladi”, deb aytgan Mullayev.

Şu tariqa, Toşkent 2021 yilda sambo böyiça ikkita yirik musobaqani – iyunda Osiyo çempionatini, noyabrda esa jahon çempionatini qabul qiladi.

Avvalroq CAS Jahon aksildoping agentligi Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlar bazasidagi soxtalaştirişlar uçun Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qöllaganini haqqoniy deb topgandi. CAS qaroriga köra, rossiyalik sportçilarga 2 yil davomida barça yirik musobaqalarda faqat neytral maqomda iştirok etişga ruxsat berilgan.