Davlat rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, ularga özining yuksak ehtiromini bildirdi.
«Biz keyingi yillarda yaxşi an'anani yölga qöyib, yurtdoşlarimizga mukofotlarni bayram kunida topşirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya şaroitida odamlarimizning soğliğini asraş uçun uşbu xayrli tadbirni biroz keyinga surişga töğri keldi. Ezgulikning keçi yöq, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz körişib, diydorlaşib turibmiz», – dedi Şavkat Mirziyoyev.



Hayotda xursandçilik bilan turli sinov va qiyinçiliklar yonma-yon yuradi. Bu yil koronavirus pandemiyasi butun insoniyat boşiga katta taşvişlar soldi. Xalqimiz bu kasallikka qarşi kuraşiş bilan birga boşqa sinovlarga ham duç keldi. Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kutilmagan ofatlar röy berdi.



«El-yurtimiz bu muammolar qarşisida sarosimaga tuşib qolgani yöq. Aksinça, qiyinçiliklar bizni yanada birlaştirdi, bir-birimizga mehrimiz ortdi. Murakkab vaziyatga qaramasdan, köpni körgan, azmu şijoatli xalqimizning fidokorona mehnati bilan bu sinovlarni mardona yengib ötyapmiz. Baraka hamjihatlikda, degan gap hayotimizda yana bir bor öz tasdiğini topdi. Pandemiya va global inqiroz oqibatlarini kamaytiriş böyiça körayotgan çora-tadbirlarimiz öz samarasini beryapti», – dedi prezident.
Aholi soğliğini asraş, iqtisodiyotni rivojlantiriş va bunyodkorlik işlari jadal davom etayotgani ta'kidlandi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari barpo etilmoqda. Birgina şu oyda Toşkent metallurgiya zavodi, yangi metro yönalişi işga tuşirildi. Joriy yilda poytaxtimizda Bolalar milliy tibbiyot markazi, Ğalaba boği, Adiblar xiyoboni bunyod etildi. Barça viloyat va tumanlarda zamonaviy uy-joylar, yöl va köpriklar, yangi-yangi boğçalar, maktablar, madaniyat va san'at hamda sport maskanlari qad rostlamoqda.










































