Özbekistonda elektr energiyasi ta'minotida uzilişlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi muammo keç soat 23:00ga qadar bartaraf etilişini ma'lum qildi.
Xabar qilinişiça, bugun, 4 yanvar kuni soat 6:59 va 10:10da Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli neft va gaz qazib çiqariş konlarini elektr energiyasi bilan ta'minlab turgan «Neftçi» podstansiyasidan çiquvçi L-Zevarda–1,2 elektr uzatiş tarmoqlari rele himoyasidan öçgan.
Natijada elektr energiyasini işlab çiqaruvçi issiqlik elektr stansiyalariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz soatiga 140–175 ming metr kubga qisqargan. Buning natijasida elektr energiyasi ta'minotida respublika hududlari böylab 600–800 MVtgaça çeklovlar kuzatilmoqda.
«Uşbu yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan soat 12:15da bartaraf etilib, Zevarda, Janubiy Kemaçi, Janubiy Örtabuloq, Dengizköl, Somontepa siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydaş agregatlari qayta işga tuşirilmoqda. Natijada magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi qayta tiklana boşladi.
Yuzaga kelgan muammo bugun soat 23:00ga qadar töliq bartaraf etiladi. Nosozlik sabablari tegişli mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uçun iste'molçilardan uzr söraymiz», – deyiladi vazirlik axborotida.








