Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Durdona Oçilova Rossiya Federatsiyasiga quritilgan mahsulotlarning eksport jarayonida qöşimça talablar joriy etilgani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Unga köra, fitosanitariya sertifikatlarida majburiy ravişda «qöşimça deklaratsiya» ustuni bölib, unda mahsulot işlab çiqaruvçi korxonaning nomi va manzili, şuningdek, mahsulot markirovkasi ham körsatiladi.
«Şuningdek, respublikaning Farğona viloyatidan eksport qilinuvçi quritilgan meva mahsulotlarining har bir partiyasi uçun dastlabki elektron xabarnoma hamda mahsulotning fitosanitar xavfsizligini tasdiqlovçi laboratoriya tekşiruv xulosalari ilova qilinadi», – deydi Oçilova.
Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya böyiça federal xizmati 2021 yil 1 yanvardan boşlab, Özbekiston hukumati huzuridagi «Özdavkarantin» inspeksiyasi kafolati ostidagi 34 ta kompaniyaga pomidorlarni Rossiyaga eksport qilişga rozilik bergandi.
Ta'kidlanişiça, Özbekiston tomoni 34 ta korxona mahsulotlari «Tomato brown rugose fruit virus», ya'ni pomidorning jigarrang burişiş virusidan xoli ekanini tasdiqlagandan söng, «Rosselxoznadzor» taqiqlarni yumşatgan.
«Rosselxoznadzor» 2020 yil 18 dekabrdan boşlab Farğona viloyatida joylaşgan 7 ta korxonadan pomidor va qalampir mahsulotlarida ham pomidor jigarrang bujmayişi virusi aniqlanmaganligi tufayli uşbu korxonalardan Rossiya hududiga mazkur mahsulotlarni olib kirişga ruxsat bergandi.
Şuningdek, Özbekistonda işlab çiqilgan çorvaçilik mahsulotlari, xususan, termik işlovdan ötgan tayyor göşt va sut mahsulotlari hamda xomaşyolarining Rossiyaga eksporti uçun yöl oçildi.
Avvalroq, «Rosselxoznadzor» rasmiy veb-saytida Özbekistonning «Sunny land export» kompaniyasi tomonidan eksport qilingan mahsulot tarkibida «Tomato brown rugose fruit virus» aniqlangani vaji bilan Navoiy va Qaşqadaryodan pomidor importiga taqiq joriy etgandi.
Bundan taşqari, Farğona viloyatidan eksport qilingan bulğor qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan uşbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilişga taqiq qöyilgandi.












