Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosselxoznadzor» O‘zbekiston pomidori va qalampirini olib kirish uchun qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni qisman bekor qildi
“Rosselxoznadzor” joriy yilning 18 dekabridan boshlab Farg‘ona viloyatida joylashgan 7ta korxonadan pomidor va qalampir mahsulotlarida 2020 yilda YeOII davlatlari uchun karantin obektlar va pomidor jigarrang bujmayishi virusi aniqlanmaganligi tufayli ushbu korxonalardan Rossiya hududiga mazkur mahsulotlarni olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati xabar qilgan.
“Rosselxoznadzor” saytida e'lon qilingan ma'lumotga ko‘ra, mazkur qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona viloyatida hududlarni o‘rganish natijalari va issiqxonalar holatini tahlil qilish to‘g‘risida taqdim etilgan ma'lumotlar asosida qabul qilingan.
Dastlabki bosqichda pomidor mahsulotini «Golden Tree» MChJ (Qo‘shtepa tumani), «Farhod Rancho» FX (Quvasoy shahri), «Farg‘ona Ziyo quruvchi» MChJ (Quvasoy shahri) hamda qalampir mahsulotini «Novaya volna» FX (Oltiariq tumani), «Jilokor Zamini» MChJ (Dang‘ara tumani), «Saodatli Dil Farovon» MChJ (Dang‘ara tumani), «Yuldashev Eldor» MChJ (Beshariq tumani) korxonalaridan olib kirishga ruxsat etildi.
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi “Rosselxoznadzor” bilan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish yuzasidan muvofiqlashtirilgan qo‘shma tadbirlar davom etayotganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
00:41 / 14.12.2025
Pomidor qon bosimini pasaytirishga yordam berishi ma’lum bo‘ldi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
22:09 / 03.06.2024
Qishloq xo‘jaligi vazirligi «zararli pomidor» yuzasidan Qozog‘istonga so‘rov yubordi
19:29 / 03.06.2024