«Rosselxoznadzor» 9 dekabr kuni rasmiy veb-saytida Özbekistonning «Sunny land export» kompaniyasi tomonidan eksport qilingan mahsulot tarkibida «Tomato brown rugose fruit virus», ya'ni pomidorning jigarrang burişiş virusi aniqlangani haqida xabar berdi.

«Fitosanitar barqarorlikni saqlaş va aniqlangan obektning Rossiya hududida tarqalişini oldini oliş maqsadida joriy yil 11 dekabrdan boşlab, Rossiyaga Özbekistonning Qaşqadaryo viloyatidan pomidor va qalampir import qilişga taqiq amal qiladi», — deyiladi xabarda.

«Rosselxoznadzor»ning ta'kidlaşiça, Özbekistonning Navoiy hududidan import qilingan pomidor va qalampirda ham zararkunanda aniqlangani uçun 4 dekabrdan boşlab, taqiq joriy etilgan.

Avvalroq, Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya böyiça federal xizmati 1 tonna import qilingan quritilgan örikda kaper qönğizi aniqlangani vaji bilan Farğona viloyatida yetiştirilgan barça ösimlik mahsulotiga taqiq joriy etgani haqida xabar berilgandi.

Bundan taşqari, Farğona viloyatidan eksport qilingan bulğor qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan uşbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilişga taqiq qöyilgandi.