Vazirlar Mahkamasining “Mahmudxöja Behbudiy uy-muzeyini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand şahri, Mirsaid Baraka köçasi, 47-uy manzilida uluğ alloma va jamoat arbobi Mahmudxöja Behbudiy uy-muzeyini “Samarqand” davlat muzey-qöriqxonasi filiali sifatida taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Samarqand şahri, Mirsaid Baraka köçasi, 47-uy manzilida joylaşgan bino tegişli hududi bilan birgalikda “Samarqand” davlat muzey-qöriqxonasiga operativ boşqaruv huquqi asosida tekin beriladi. Mahmudxöja Behbudiy uy-muzeyi uşbu binoga joylaştiriladi.
Şuningdek, quyidagilar:
- muzey binosini ta'mirlaş va hududini obodonlaştiriş, muzey ekspozitsiyasini yaratiş va jihozlaş bilan boğliq xarajatlar – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablağlari hisobidan;
- muzeylarga ştat birliklarini ajratiş hamda xodimlariga iş haqi tölaş –Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uçun belgilangan tartibga muvofiq;
- muzeyni saqlaş xarajatlari – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablağlari, muzeyning öz daromadlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşirilişi belgilab qöyilmoqda.








