«Sababi bunday tuşunçaning özi Jinoyat kodeksida mavjud emas. «Samosud» natijasida qilingan harakatlar uçun javobgarlik belgilangan. Masalan, haqorat qilsa, unga nisbatan kuç işlatiş yöli bilan urib, döpposlaydigan bölsa, yetkazgan jarohatining darajasiga köra javobgarlik belgilanadi. Şuningdek, bir qator boşqa harakatlar, masalan tutqunlikda uşlaş yoki bezorilik jinoyatlari alomatlari bilan jinoiy javobgarlikka tortişga sabab böladi.
Şu nuqtai nazardan, şaxsning harakatlari bevosita sodir etgan qilmişidan kelib çiqadi. Deylik badaniga yengil jarohat yetkazilsa, Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi va statistika bevosita 109-modda bilan sodir etilgan jinoyatlar doirasida hisoblanadi,” – deya IIV vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Boş prokuratura mas'ul xodimi Şokir Nazarovning ta'kidlaşiça, «samosud»lar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga işonçsizlikdan emas, balki odamlar qonunlarni bilmasligi yoki bila turib mensimasligidan kelib çiqmoqda.

«Tergov jarayonlarida şu narsaga guvoh böldikki, odamlar jahl ustida yoki öz xatti-harakatlari qonuniy javobgarlikni keltirib çiqarişini bilmagan holda «samosud»ga yöl qöyadi. Holbuki jinoyat kodeksida har bir jinoyat uçun jazo muqarrar ekanini belgilangan.
«Samosud» natijasida kişi — kimnidir jazolaş uçun ayblanuvçiga aylanib qolişi mumkin. Agar ular bu orqali kimgadir tan jarohati yetkazsa, Jinoyat kodeksining 104-, 105-, 109-moddalari böyiça çora körilişiga olib keladi,” – dedi Şokir Nazarov.
2020 yilning 22 dekabr kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumanida haydovçilarni videoga tuşirişda gumonlangan şaxs «samosud» qilingan edi. Keyinroq, ma'lum bölişiça, u aslida bozordagi narxlarni suratga olayotgan bölgan.
Uşbu holat 25 dekabr kuni sudda körib çiqilib, 5 nafar huquqbuzarlarning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Şuningdek, 2020 yilning 24 iyul kuni Xorazm viloyatining Gurlan tumanida bir neça ayollar boşqa bir ayolni «samosud» qilayotgan holati tasvirlangan videoyozuvlar ham tarqalgan edi.
Lekin, mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilinib, tekşiruv natijalari oşkor qilinmagan.












