Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00larda 26 yoşli I.O. özining tanişi, 20 yoşli Yu.T. (ayol) bilan uçraşgan vaqtida, uşbu holatni I.O.ning turmuş örtoği 24 yoşli M.S. (ayol)ning dugonalari körib qolib, telefon orqali bu haqda M.S.ga xabar berib uni çaqirişgan. 

Qayd etilişiça, ular fuqaro Yu.T. (ayol)ni uşlab olib, turli xil uyatli sözlar bilan haqorat qilib, janjal qilişgan va M.S. (ayol) fuqaro Yu.T. (ayol) tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Uşbu janjal vaqtida M.S.ning dugonalaridan biri özining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinçalik mazkur videolavhani Telegram messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Şu örinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlarda özboşimçalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni özlari jazolaşga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişlarini söraymiz. Bundan taşqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarimizga eslatma:

Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 189-1-moddasi va Jinoyat kodeksining 130-1-moddalarida körsatilgan “Zöravonlikni yoki şafqatsizlikni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, olib kiriş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş” kabi ma'muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi”, - deyiladi xabarda.