“Yeralaş” bolalar hajviy kinojurnalining asosçisi va badiiy rahbari Boris Graçevskiy 72 yoşida hayotdan köz yumdi. U avvalroq koronavirus asoratlari bilan şifoxonaga yotqizilgandi. Graçevskiyning ölimi haqida uning rafiqasi Yekaterina Belotserkovskaya ma'lum qildi.
Graçevskiyda koronavirus 21 dekabrda aniqlangan. U 6 kun uyda davolangandan keyin şifoxonaga yotqizilgan va u yerda jonlantiriş bölimiga ötkazilgan. 9 yanvarda rejissyor öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga ulangani va sun'iy komaga tuşirilgani ma'lum qilingan.
11 yanvarda esa Graçevskiy huşiga kelib, şifokorlar bilan imo-işora yordamida gaplaşgan. Biroq köp ötmay uning ahvoli yana yomonlaşib, u takror komaga tuşirilgan.
Graçevskiy 1949 yilda Moskvada tuğilgan. Butunittifoq kinematografiya davlat institutini tamomlagan. M. Gorkiy nomidagi bolalar va ösmirlar filmlari markaziy kinostudiyasida katta ma'mur bölib işlagan. 1974 yilda esa dramaturg Aleksandr Xmelik bilan birga “Yeralaş” kinojurnaliga asos solgan. 1974-1984 yillar davomida u kinojurnalga rahbarlik qilgan, 1984 yildan esa badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Marhum ijodkor, şuningdek, bir neçta filmlarga rejissyorlik qilgan.
Graçevskiy Rossiyada xizmat körsatgan san'at arbobi unvoni va bir neçta ordenlar hamda davlat mukofotlari sohibi bölgan.








