Davlat statistika qömitasi 2020 yilda qayd etilgan ajrimlar sonini ma'lum qildi. Unga köra, eng köp nikohdan ajralgan Toşkent şahri, Sirdaryo, Andijon va Toşkent viloyatlarida qayd etilgan. Ötgan davrga nisbatan oilaviy ajrimlar holati kamaygan.

Har mingta oilaga nisbatan eng kam nikohdan ajraşganlar Qoraqalpoğiston Respublikasi (0,5), Qaşqadaryo (0,6), Xorazm (0,6) va Surxondaryo (0,6) viloyatlarida kuzatilgan.

Ta'kidlanişiça, 2020 yilda kuzatilgan jami oilaviy ajrimlarning yarmida er-xotin örtasida farzand bölmagan, ajraşgan oilalarning 29,3 foizida bitta farzand hamda 20,6 foizida ikki va undan ortiq farzand bölgan.

Ma'lumot uçun, 2019 yilda 31,4 mingta nikohdan ajraliş holati qayd etilgan.

2020 yil 9 dekabr kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva boşçiligida oilaviy ajrimlarning oldini oliş, farzand ta'lim-tarbiyasida ota-ona mas'uliyatini oşiriş, aliment tayinlaş va tölaş tizimini takomillaştiriş masalalari tahlil qilingandi.

Avvalroq, Senatning töqqizinçi yalpi majlisida nikohlanuvçi yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş samaradorligini oşiriş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuborilganligi haqida ma'lumot berilgandi.