Yiğiliş davomida oilaviy ajrimlarning oldini oliş, farzand ta'lim-tarbiyasida ota-ona mas'uliyatini oşiriş, aliment tayinlaş va tölaş tizimini takomillaştiriş masalalari tahlil qilindi.
Yoşlarning mustaqil hayotga moddiy va ruhiy tomondan tayyor bölmasdan oila qurişi, bepuştlik, yoşlarning reproduktiv salomatligidagi muammolar, er-xotinning oilaviy masalalarda öz huquqlarini tösqinliksiz amalga oşirişini turli şaxslar tomonidan çeklaş kabilar oilaviy ajrimlarning asosiy sabablari sifatida körsatildi.

Şuningdek, aliment tayinlaş va tölaş tizimini takomillaştiriş böyiça fikr almaşilib, aliment undirişdan asosiy maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxsning huquq va manfaatlarini ta'minlaş, ajralişning salbiy oqibatlarini kamaytiriş ekanligi ta'kidlandi.
Yiğiliş davomida adliya vaziri Ruslanbek Davletov aliment tölaş amaliyoti böyiça joriy holat hamda uşbu masala böyiça xorijiy davlatlar tajribasini tahliliy qiyoslab, sohani takomillaştiriş böyiça bir qança takliflarni ilgari surdi.

Yiğiliş natijalariga köra, soha mutaxassislari tomonidan oilaga tayyorlov kurslarini bepul asosda joriy etiş, nikohlanuvçi şaxslarni bepul asosda reproduktiv salomatligi yuzasidan tibbiy körikdan ötkaziş, aliment tayinlaş va tölaş bilan boğliq masalalarni taraflar ajraşiş haqida sudga murojaat qilgan paytda hal qiliş, aliment tölaşdan böyin tovlagan şaxslarga nisbatan yangi samarali ta'sir çoralarini qöllaş böyiça takliflar muhokama qilindi.












