
Firdavs Kun.uz muxbiri bilan suhbatda AQŞga öqişga kirişi qanday bölgani va kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdi.
«Hujjat topşirişdagi eng muhim jarayon – inşo»
— AQŞda öqiş uçun hujjat topşiriş fikri yoz oylarida kelgan edi. Öşa paytdayoq u yerdagi universitetlar, ularning talablari va hujjat topşiriş jarayonlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanişib çiqa boşladim.
Köp ötmay commonapp.org platformasi haqida bilib oldim. Bu platforma AQŞdagi oliygohlarga kiriş uçun talab etiladigan barça hujjatlar, sertifikat va şaxsiy yutuqlarni yuklaş, köngildagidek portfolio va anketa tayyorlaş imkonini beradi.
AQŞdagi nufuzli universitetlarga hujjat topşiriş jarayonidagi eng murakkabi va e’tibor qaratiş muhim bölgan jihat bu – inşodir.
AQŞ oliygohlari sizning baholaringizga qaramaydi, çunki butun dunyo böylab juda yaxşi akademik körsatkiçga ega minglab nomzodlar bor. Siz butun dunyodan hujjat topşiruvçi nomzodlar bilan raqobatlaşasiz. Şuning uçun oliygohlar bahosi yaxşi bölganlarni emas, özlariga mos keladigan şaxslarni izlaşadi.
Inşo şaklida yoki konferensmuloqot şaklida sizga turli savollar berişlari mumkin. Mana şu savollarga javob beriş asnosida özingizni körsata olişingiz muhim. Qanday inson ekaningiz, öziga xosliklaringiz haqida gapirib berişingiz kerak. Şunda universitet sizning xarakteringiz va şaxsiyatingiz böyiça xulosalar qilib, ularga mos keliş-kelmasligingizni aniqlaydi.


AQŞ universitetlariga grant yutib olgani uçun 2020 yil dekabrida Firdavsga prezident sovğasi (kompyuter) topşirildi.
«Top-200talikka kiruvçi universitetdan javob kutyapman»
— 8–9 sinfda maktabda iqtisodiyot fani ötila boşlangaç, menda bu sohaga nisbatan qiziqiş va uni çuqur örganiş istagi uyğondi. AQŞ universitetlariga ham aynan iqtisodiyot böyiça bakalavr bosqiçi uçun hujjat topşirganman.
Ksave universitetiga 89 ming dollar, Jon Keroll universitetiga esa 96 ming dollar grant yutib oldim.








