Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining filiali ochiladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Milliy raqs san'ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining davlat ta'lim muassasasi shaklidagi Urganch filiali tashkil etiladi.
Filial tarkibida «Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish bo‘limi ochiladi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- «Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
- fan-ta'lim va ijrochilikning integratsiyalashuvini ta'minlash;
- «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini chuqur o‘rganish va boshqalar.
Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Mavzuga oid
17:47 / 24.02.2026
Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
23:12 / 14.01.2026