
Xalq deputatlari Çinoz tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda tuman hokimi Akmalxon Ma'diyev lavozimidan ozod qilindi.
Viloyat hokimligidan ma'lum qilişlariça, viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari Alimbekov Botir Bahodiroviç Çinoz hokimi etib tayinlangan.

Foto: Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Sessiyada bugun Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan Davron Hidoyatov ham iştirok etib, tayinlov yuzasidan sözga çiqqan.

Akmalxon Ma'diyev 2017 yildan buyon Çinoz tumani hokimi sifatida işlab kelayotgan, bunga qadar esa tuman prokurori edi. Ma'diyevning kelgusi faoliyati haqida hozirça ma'lumot yöq.
Uning örnini egallaydigan Botir Alimbekov 2020 yil aprelidan buyon Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlayotgandi.

Botir Alimbekov 1979 yilda tuğilgan, Toşkent davlat agrar universitetini, söngra Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini (hozirgi Davlat boşqaruvi akademiyasi) tamomlagan. Mutaxassisligi – zoomuhandis, iqtisodçi (qişloq xöjaligi).







