Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasining Dubay yig‘iniga chaqirilgan futbolchilari e'lon qilindi
O‘zbekiston milliy jamoasining Dubayda o‘tadigan mashg‘ulot yig‘iniga 25 nafar futbolchi jalb etildi. Abramov bu gal oldingi yig‘inlarda qatnashmagan qator futbolchilarni chaqirdi. Oxirgi uchrashuvlarda qatnashmagan milliy jamoa sardori Odil Ahmedov kichik tanaffusdan keyin yana milliy jamoaga chaqirilgan. Hujum juftligida biroz kutilmagan futbolchilar ko‘zga tashlanadi: Temurxo‘ja Abduxoliqov va Mirjahon Mirahmadov.
Shuningdek, milliy jamoa safida oldin ham harakat qilgan Vagiz Galiulin yana milliy jamoa yig‘inida qatnashadi. Yarimhimoyachi ayni damda Rossiyaning «Nefteximik» jamoasida o‘ynaydi. Abramov yig‘inga Eldor Shomurodov, Oston O‘runov, Jaloliddin Masharipov, Sardor Rashidov, Shahzod Ubaydullayev, Doston Hamdamov, Aziz G‘aniyev kabi legionerlarni yig‘inga chaqirmagan.
Dubaydagi yig‘inga quyidagi futbolchilar boradi:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov («Nasaf»), Botirali Ergashev (OKMK), Javohir Ilyosov («Lokomotiv»);
Himoyachilar: Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Igor Golban («Navbahor»), Islom Qobilov («Lokomotiv»), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev («Paxtakor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Sanjar Qodirqulov («Lokomotiv»), Islom To‘xtaxo‘jayev («Shenyan Urban», Xitoy);
Yarimhimoyachilar: Lutfulla To‘rayev («Bunyodkor»), Odil Ahmedov («Tyanszin Teda», Xitoy), Aziz Turg‘unboyev («Paxtakor»), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Odil Hamrobekov («Paxtakor»), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Nurillo To‘xtasinov («Bunyodkor»), Vagiz Galiulin («Nefteximik», Rossiya), Husniddin G‘ofurov (OKMK), Oybek Rustamov («Qo‘qon-1912»);
Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduholiqov («Lokomotiv»), Mirjahon Mirahmadov («Bunyodkor»).
O‘zbekiston milliy jamoasi Dubaydagi yig‘in davomida Iordaniya milliy jamoasi va «Zenit» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yiida maydonga tushadi.
Mavzuga oid
23:59 / 23.06.2026
JCh-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi
15:10 / 23.06.2026
Erkin Abdulahatov: Futbolda iqlimiy va geografik omillarni ham inobatga olish kerak
23:44 / 20.06.2026
O‘zbekiston-Portugaliya bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi
17:36 / 18.06.2026