Farğona şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda.

«Bu yerga kelişdan oldin köp-köp tahlil qildik. Kelib-ketiş oson. Lekin 4 millionlik viloyat aholisiga nima manfaat böladi, degan savol köndalang turibdi. Şuning uçun bir oydan beri tayyorgarlik köryapmiz. Keça tumanlarda yurib, odamlar bilan gaplaşdim. Farğonaning ertasi nima böladi, deb keçasiyam öylab çiqdim. Koronavirus kasalligi yonimizda yurgandek, iqtisodiy xavf-xatar ham yonimizda yuribdi. Dunyodagi inqiroz hamma davlatlarga ta'sir qildi. Bozor topiş - azob bölib ketdi. Şuning uçun yangi «ösiş nuqtalari»ni şakllantirib, imkoniyatlarni töliq işga solişimiz kerak», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Davlat rahbari 2020 yil sentabr oyidan buyon Farğona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Xayrullo Bozorov nomzodini Farğona viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

X.Bozorov mehnat faoliyatini 1995 yilda soliq inspektori sifatida boşlagan. 2007-2015 yillarda Namangan viloyati hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari, Uçqörğon, Çust va Mingbuloq tumanlari hokimi bölib işlagan. 2015-2020 yillarda Namangan viloyatini hokimi bölgan. Ötgan yili Özbekistonda xizmat körsatgan iqtisodçi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

«Men Xayrulla Bozorovni köp yillardan beri bilaman. Uçta tumanda, viloyatda hokim bölib işlagan. Juda tajribali, hozirgi zamonga munosib, xalqparvar, kamtar inson. Tört oydan beri hokim vazifasini bajaruvçi sifatida sizlarning ham sinovingizdan ötdi. Farğonaga mana şunday bilimli, tajribali odam kerak», dedi davlat rahbari.

Xalq deputatlari, nuroniylar, yoşlar sözga çiqib, nomzodni qöllab-quvvatladi. Ovozga qöyiş natijalariga köra, Xayrullo Bozorov Farğona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Prezident tumanlardagi mutasaddilarning iş uslubi, joylardagi muammolarga ham töxtalib ötdi.

«Agar rahbar oddiy, samimiy bölib, «yerda» yurib, xalqning dardini bilib, oğirini yengil qilsa, uning hurmati oşadi. Faqat stolda ötirib, maşinada yuriş bilan obro‘ oşib qolmaydi. Mening eng katta taşvişim - quyi poğonadagi, tuman miqyosidagi rahbarlar öziga mas'uliyat olmayapti. Bor imkoniyatdan töğri foydalanib, faollar birlaşib, köp masalalarni tuman, mahallaning özida hal qilsa böladi. Hokim halovatga intilmasligi kerak, özini işga bağişlaşi kerak», dedi prezident.