Dildora 19 yoşida Malayziyaga öqişga ketgan. Lekin bir yildan söng ota-onasi öqiş tölovida moddiy qiyinçiliklarga duç kelgani uçun ta'limni davom ettira olmaydi. Özbekistonga qaytib kelişni rejalaştirmagan Dildora bir muddat Malayziyada ingliz tili öqituvçisi va tur-operator bölib işlaydi.
U öşa orada vizasini yangilaş uçun 2 oyga Özbekistonga qaytib keladi. Dildoraning hikoyasi mana şu yerda boşlanadi.
«Mablağsiz ham boşlaş mumkin...»
Viza masalasi hal bölgunça 2 oy böş yurişni xohlamagan Dildora agrofirmaga işga kiradi va uning rejalari özgaradi.
«Malayziyada bölib turgan oxirgi yilim döstlarim agrofirma oçişgan va ular Özbekistondan mayiz import qilib sotişardi. Men ham öşa agrofirmada sotiş işlari bilan şuğullanib, tajriba töplagandim.
Özbekistondagi agrofirmaning menejmentida ba'zi narsalar menga yoqmagan bölsa-da, lekin bu yerda şu sohada salohiyat katta ekaniga amin böldim. Şundan söng Malayziyaga qaytib ketmay, Özbekistonda işimni davom ettirdim», – deydi Dildora.
U agrofirmada 1 yil işlaydi, lekin işni butunlay boşqaça yuritiş niyatidaligi sabab işdan ketadi va 2 oydan söng öz korxonasini oçadi.

«Birinçi 4 oy öz korxonamda faqat özim birgina işçi edim. Çunki u payti mablağim bölmasa-da, tajribam işlarim yaxşi bölişiga yordam beradi, deb işonardim.
Ba'zilar eksport sohasida mablağ bölmasdan turib qanday biznes boşlaş mumkin deb hayron bölişadi. Lekin bu mumkin, sababi sizga buyurtma berilganda ba'zida 100 foiz oldindan tölov qilişadi. Agar siz butun zanjirni bilsangiz, şuning bilan iş bitira olasiz.
Sekin-sekin buyurtmalar köpaydi. Men ham boşida hamma singari işlab kördim. Lekin bizda tez-tez sifat bilan boğliq muammolar kuzatila boşladi. Şuning uçun özimga nima xato ekani haqida juda köp savol berardim», – deydi Dildora dastlabki faoliyati haqida.
Brokerlar – meva-sabzavot eksportidagi muammoli nuqta
Dildora Otajonova qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qilişda eng asosiy muammo örtadagi odamlar – brokerlar bilan işlaşda deb biladi. Eksportçilarning köpçiligining ofisi Toşkentda joylaşgan. Ularning asosiy işi brokerlar bilan bitadi. Brokerlar mahsulotni tayyorlab qöyişadi, eksportçi esa yukni ulardan olib ketadi.












