Özbekistonning 2020 yildadagi paxta tolasi eksporti 65,35 foizga qisqarib, 78,87 million AQŞ dollarini taşkil qilgan. 2019 yilda respublika 227,61 million AQŞ dollari miqdorida paxta tolasi eksport qilingandi.

Paxta eksporti 2020 yil davomida faqat sentyabr oyida 2019 yildagiga nisbatan baland bölgan.

Eksport hajmi kamayişi paxta xomaşyosidan yuqori qöşilgan qiymatga ega bölgan töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş va eksportga yönaltiriş közlanayotgani bilan izohlangan.

«Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2020 yilning 6 martida qabul qilingan prezident farmoniga binoan, respublikada paxta xomaşyosi işlab çiqariş va majburiy sotiş rejasi, uning narxini davlat tomonidan belgilaş amaliyoti bekor qilingan.

Özbekiston sönggi yillarda paxta eksportini yildan yilga kamaytirmoqda. Xususan, 2016 yilda 416 ming tonna, 2017 yilda 278,9 ming tonna, 2018 yilda esa 115,6 ming tonna paxta tolasi eksport qilingan.

Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov 2019 yilda Yaponiyaning Nikkei Asian Review naşriga bergan intervyusida paxta tolasini eksport qilişni töxtatiş haqida aytib ötgandi. U öşanda 2025 yilga borib Özbekiston yiliga 8 milliard AQŞ dollari miqdordagi töqimaçilik maxsulotlarini eksport qilişni rejalaştirganini aytib ötgandi.

Avvalroq, Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi Özbekiston paxta dalalarida 2020 yilgi hosilni yiğib olişda majburiy mehnatga barham berişda kuzatilgan sezilarli olğa siljişlarni e'tirof etgandi.