Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi özini özi band qilgan fuqarolarni röyxatga oliş böyiça statistika e'lon qildi.
Qayd etilişiça, ayni paytda fuqarolardan mobil ilova, soliq tölovçining şaxsiy kabineti hamda soliq idoralarining özida jami 597 mingdan ortiq kişi röyxatdan ötdi.
Xususan, qişloq xöjaligi yönalişida 137 ming 120 kişi, maişiy xizmatlar 172 ming 179 nafar, xalq iste'moli mollari işlab çiqariş va xizmatlar körsatiş 66 ming 579, sanoat yönalişida 99 ming 555, axborot-kommunikatsiya yönalişida 10 ming 947 va ijtimoiy yönalişlar böyiça xizmatlar sohasida 110 ming 705 kişi röyxatga olingan.
Avvalroq Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Fazliddin Umarov Kun.uz’ga bergan intervyusida özini özi band qilgan şaxslar va ular uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot bergan edi.
Ma'lum qilinganidek, 2020 yil 1 iyuldan Özbekistonda ixtiyoriy ravişda rasman özini özi band qiliş boşlangan. Unga köra, özini özi band qilgan şaxs haqiqatda işlagan vaqtidan qat'i nazar, 2021 yil uçun 223 ming söm tölaşi yetarli bölişi qonunçilikda belgilangan.












