2020 yil 1 iyuldan Özbekistonda ixtiyoriy ravişda rasman özini özi band qiliş boşlandi. Uşbu şaxslar daromad soliğidan ozod etilgan.
Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Fazliddin Umarov özini özi band qilgan şaxslar va ular uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi. U bu haqda Kun.uz’ga bergan intervyusida aytgan.
«Özini özi band qilgan fuqarolar – jismoniy va yuridik şaxslarga xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş böyiça şaxsiy mehnati bilan iştirok etişga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oşiradigan mehnatga layoqatli jismoniy şaxslar.
Özini özi band qilgan şaxs haqiqatda işlagan vaqtidan qat'i nazar, 2020 yil uçun bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 foizi hajmida ijtimoiy soliq tölaydi. Uşbu summa töliqligiça budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi va undan kelib çiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi.
Soliq kodeksining 369 moddasiga muvofiq, ular jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölovçisi hisoblanmaydi», — deydi Umarov.
Ta'kidlanişiça, 2020 yil uçun bir marta BHMning 50 foizida tölov qilgan şaxslar uçun staj ham yoziladi va ularga pensiya hisoblanadi. 2021 yil uçun ular 223 ming söm tölaşi yetarli bölişi qonunçilikda nazarda tutilgan.
Özini özi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötmagan bölişi şart. Ular mehnat faoliyati davomida yollanma işçilarni jalb qila olmaydi hamda iş beruvçiga ega böla olmaydi. Uşbu talablar bajarilmagan taqdirda özini özi band qilgan şaxs maqomini yöqotadi. Bolalarga qarab turiş, çorva mollarini boqiş, yakka tartibda deraza va eşik pardalarini tikiş va ta'mirlaş, musiqa asboblarini ta'mirlaş va sozlaş, tarjima xizmatlari — bular özini özi band qilganlar ixtiyoriy ravişda amalga oşirişi mumkin bölgan işlarning bir qismi. Töliq röyxatdan 67ta faoliyat turi







