Bugun, 14 fevral kuni soat 20:30da «Milliy» telekanalida Özbekiston va Turkiya hamkorligida suratga olingan «Mendirman Jaloliddin» seriali premerasi böladi. Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, serial loyihasi rahbari Saida Mirziyoyeva öz kanalidagi postida uşbu tarixiy serial tomoşabinlarga manzur kelişiga işonç bildirdi.
«Xudo xohlasa, bugun, 14 fevral kuni soat 20:30da «Milliy» telekanalida uzoq kutilgan «Mendirman Jaloliddin» serialimizning premerasi böladi.
Serial efirga uzatilmasdanoq odamlarda katta qiziqiş uyğotdi va qizğin bahs-munozaralarga sabab böldi. Bu – tabiiy. Tölaqonli kino körinişidagi tarixiy serial oliş amaliyoti bizda deyarli yölga qöyilmagan. Demak, bu – biz uçun yangilik. Yangi havo esa har qanday jamiyatni doim tölqinlantiradi.
Serialimiz kimgadir yoqişi, kimgadir ma'qul kelmasligi ham tabiiy holat. Biz premeradan söng fikrlar turli-tuman bölişiga tayyormiz. Odamlar öz mulohazasini erkin bildirişi jamiyatning oçiqligi belgisidir.
Masalan, eng köp savol filmda nega boş rolga turk aktyori taklif etilgani haqida böldi. Asosiy maqsad serial orqali aktyorlarni tanitiş emas, balki taniqli aktyorlar orqali jahonga millatimiz qahramonlarini namoyon qilişdir.
Serial töqima obrazlar va voqealar bilan boyitildi. Serialning asosiy maqsadi — tomoşabinlarda tarixiy qahramonlarga, tarixiy voqealarga qiziqiş uyğotiş. Odamlar özimizning boy tariximizga qiziqib, uni örganişlari — serialning eng katta maqsadi. Serial, hujjatli filmlardan şunisi bilan farq qiladi.
«Ança budjet mablaği sovurilibdi», degan gaplar ham böldi. Ammo bu ta'na asossiz. Serial töliq homiylar kömagida işlandi. Buning uçun boş homiy «Orient Finans Bank»ga minnatdorlik bildiramiz.
Azizlar, bugun «Mendirman Jaloliddin» filmi ijodkorlari va bu loyihani qöllab-quvvatlagan barça uçun uzoq kutilgan bayram! Keling, maza qilib serialni tomoşa qilaylik. Serialimiz sizga yoqadi, degan umiddamiz», degan u.
Çingizxon boşçiligidagi möğul bosqinçilariga qarşi kuraşgan şahzoda Jaloliddin Manguberdiga bağişlangan «Mendirman Jaloliddin» seriali Turkiyaning «Tiriliş-Ertuğrul» va «Quriliş-Usmon» kabi seriallari bilan maşhur bölgan «Bozdag film» kompaniyasi tomonidan suratga olingan.
Turkiyadagi 30 gektar maydonda barpo etilgan «Bozdag film» platosida Özbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirilgan. 1200 nafar işçi-xizmatçining mehnati bilan 3500 kvadrat maydonda balandligi 5,5 metr bölgan ikki qavatli Xorazmşoh saroyi qad kötargan. Gurganj köçalari, aholi yaşaydigan uylar, katta bozor ham davrga uyğun tarzda bunyod etilgan. Istanbuldan 750 kilometr masofadagi Oqsaroy muzofotida sahro jang sahnalari suratga olingan. Liboslar ustida esa 200dan ortiq kişi mehnat qilgan.





