Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev «Mendirman Jaloliddin» serialining ilk qismidan olgan taassurotlari bilan örtoqlaşdi.

«Sönggi yillarda özbek filmlari va seriallarida maişiy mavzular atrofidagi syujyetlar ustuvordek bölib qolgandi. Albatta, bunday mavzular bilan katta auditoriyani qamrab oliş qiyin. Kamiga ular eksportga ham yaramaydi.

Kuni keça «Mendirman Jaloliddin» nomli serialning bir qismini tomoşa qildik... Taassurotlar köp. Lekin asosiy aytmoqçi bölganim – birinçi marta tarixiy şaxslar haqida tarixda qoladigan yuqori darajadagi özbek filmini köra oldim.

Serial eksportga ham yaraydi. Özbek va turk aktyorlari iştirokidagi film ajoyib hamkorlik va mahoratni yuzaga çiqargan. Ssenariy, tasvir, joy, ijro mahorati, ovoz... menimça hammasi nisbatan yuqori darajada.

Köz tegmasin va bunday işlar davomli bölsin. Filmni yaratişda bilvosita va bevosita iştirok etgan, qöllab-quvvatlab turgan barçani tabriklayman, sizlarning harakatingiz özini oqlabdi!» – deya yozdi Kuşerbayev Telegram'dagi kanalida.

Eslatib ötamiz, «Mendirman Jaloliddin» premerasi 14 fevral, yakşanba kunidan «Milliy» telekanalida boşlandi. Serialning ilk fasli 13 qismdan iborat.

Tarixiy film Çingizxon boşçiligidagi möğul bosqinçilariga qarşi kuraşgan şahzoda Jaloliddin Manguberdiga bağişlangan. Serialni Özbekistondagi xususiy homiylar buyurtmasi asosida, Turkiyaning «Bozdag film» kompaniyasi suratga olgan.