Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Jamol Nosirov Özbekiston va Turkiya hamkorligida suratga olinayotgan «Mendirman Jaloliddin» serialining nomlanişi va unda nega turk aktyori boş rolda öynagani yuzasidan izoh berdi.
«Bilasiz, kino suratga olinişida kasting jarayoni böladi. Aynan kasting natijalariga köra filmga aktyorlar tanlanadi. Xuddi şunday bu serial oldidan ham kasting keçgan. Öylaşimça, serialni körmay turib aktyorning iştirokiga baho beriş xato böladi. Filmni körgandan keyingina fikr bildiriş kerak.
Şuningdek, gap serialda boş rolni kim öynaşida ham emas, balki qanday öynaşida. Biz butun dunyoga milliy qahramonimiz Jaloliddin Manguberdining qanday mard qahramonligini töğri körsatib berişimiz kerak. Xudo xohlasa, film namoyişidan keyin bu mavzuga yana qaytsak böladi», – degan u 15 dekabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Jamol Nosirov uşbu serialning nomlanişi yuzasidan berilgan savolga ham qisqa izoh bergan.
«Ssenariyda aynan şunday yozilgan, şu sababli serialda ham şu nom qoldirildi», – degan u.








