Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 2021 yilgi rejalarda şu haqda ma'lum qilingan.
Unga köra, «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlarining maxsus talablarini bajargan va ğolib bölganlar ularga yoş toifasiga qarab quyidagi imtiyozlarni beriş orqali taqdirlanadi:
- tegişli sport razryadlari va unvonlari;
- safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uçun tölovlarga 50 foiz çegirma;
- muddatli harbiy xizmatga yuborilişida yuqori ustunlikka ega böliş;
- «Temurbeklar maktabi»ga imtiyozli kiriş;
- OTM talabalarini amaldagi stipendiya miqdorida bir marta rağbatlantiriş;
- respublika miqyosida işga yoki öqişga qabul qilinişida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan barça ijodiy imtihonlardan ozod böliş.
Qayd etilişiça, 2021 yilda 55 ta sport obekti foydalanişga topşiriladi. Bundan taşqari, 400 ta stritbol, 520 ta badminton va 893 ta «Vorkaut», jami 1 813 ta zamonaviy sport maydonçalari taşkil etiladi.
Yil davomida respublika böyiça jami 916 km uzunlikdagi «Salomatlik yölaklari» barpo etiladi. Bu borada har bir hududiy hokimliklarning hududiy dasturlari tasdiqlangan.
Aprel oyiga qadar soğlom turmuş tarzi uçun www.1hls.uz internet-platformasi töliq işga tuşirilib, aholini kunlik yurişga tarğib qiliş va antropometrik körsatkiçlarini yaxşilaş tizimi yaratiladi.
«Yuqoridagi barça işlarimizning natijasida 2021 yil yakuniga qadar jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanuvçi aholining umumiy soni hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi», – deya ma'lum qildi Aziz Abduhakimov.
Bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul tölanadi — prezident farmoni












