Qarşi-Xonobod aerodromiga safarimiz çoğida, Qarşi şahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ham bölib, yoş kursantlar bilan suhbatlaşdik. Ularga yaratilgan şaroitlar bilan tanişdik.

Xonobod aerodromiga Toşkentdan, Özbekiston havo kuçlariga qaraşli samolyotda yölga çiqdik. Mudofaa vazirligi taşkil etgan press-tur iştirokçilari bilan birga, bir yarim soatda manzilga yetib bordik.

Xonobod aerodromiga qönişimiz bilan yoş kursantlarning uçişga tayyorgarlik körayotganiga guvoh böldik. 5-kurs kursanti Bekpölat Boqijonov özi uçmoqçi bölib turgan L-39 «Albatros» harbiy öquv samolyoti bilan taniştirdi.

«3 yildan beri samolyotda uçib kelaman. Hozirda L-39 qiruvçi harbiy öquv samolyotida öz parvozlarimni amalga oşirib kelyapman.

L-39 jangovar vazifalarni bajaradi. Bugun tayyorgarlik jarayoni. Ertadan öq otiş maşqlariga tayyorlanamiz. Uçişdan oldin himoya şlemini kiyamiz, bu himoya vazifasini ötaş bilan birga, radioaloqani ham ta'minlaydi.

4 km.dan balandda parvoz qilamiz. Bu balandlikda kislorod kamligi uçun kislorod ballonidan nafas olamiz.

L-39 harbiy samolyoti ança tez uçadi. Reaktiv dvigateli bitta bölişiga qaramay, quvvati ança baland: maksimal tezligi soatiga 900 km. 12 km balandlikka kötarila oladi. Sizlar Toşkentdan Xonobodgaça bir yarim soatda kelgan bölsanglar, bu samolyotda 40 minutda yetib boradi. Yoqilğisi 2,5 soatga yetadi. 1,5 tonna yoqilğini öziga oladi.

1cmb3VxdPjBOytNs-QRArDBvE_QFqDtH.jpg (1280×853)

Uçuvçi birinçi örinda soğlom bölişi kerak. Şuningdek, tez fikrlaşi, favqulodda qarorlar qabul qila olişi zarur. Samolyot qança tez uçsa, uçuvçi ham şunday tez fikrlaşi kerak böladi.

Uçuvçilar har qanday vaziyatga tayyor bölişi kerak. Eng qiyini – kötariliş va qöniş. Çunki ob-havo va şamol sizga halaqit qilişi mumkin», – deydi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti 5-bosqiç kursanti Bekpölat Boqijonov.

Afsuski, kuçli şamol tinavermagaç, kursantlarning rejalaştirilgan parvozi amalga oşmay qoldi.

Şundan söng samolyot va vertolyot trenajyorlari bilan tanişdik. Trenajyorlar Mi-8MT, Mi-24 vertolyotlari va harbiy samolyotlarida dastlabki uçiş könikmalarini örganiş uçun möljallangan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 28-30 yanvar kunlari Qarşi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromiga taşrif buyurgan. Boş qömondon harbiy uçuvçilar tayyorlaş, ularning amaliy maşğulotlar olib borişida obektning imkoniyatlaridan samarali foydalaniş maqsadida 1994 yilda asos solingan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini Qarşi şahrida qayta taşkil etiş taklifini bergan.

Şundan söng Qarşi serjantlar tayyorlaş maktabi negizida Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti taşkil etilib, ajratilgan 73 milliard söm evaziga öquv korpusi va yordamçi binolar zamonaviy körinişga keltirilib, yangi trenajyorlar, öquv-uslubiy qöllanmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.

Muassasa havo hujumidan mudofaa qöşinlari va harbiy havo kuçlari uçun 7 ta yönaliş böyiça mutaxassislar tayyorlaydi.

Özbekiston havo sarhadlarini qöriqlaydigan bölajak mutaxassislarni tayyorlovçi maskanga qisqa safarimiz şu tariqa yakun topdi. Yoş kursantlarga kelgusidagi faoliyatlarida omad va sidqidildan xizmat qilişlarini tilab qolamiz.