Majlisda böşab qolgan öringa Oliy Majlis Senati a'zosini saylaş masalasi körildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Maslahat kengaşi tomonidan qöşma majlis muhokamasiga 6-Serob saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengaşi deputati, viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov nomzodini yaşirin ovoz beriş uçun byulletenga kiritiş taklif qilindi.

Ovoz berişda Namangan viloyati, şahar va tuman kengaşlarining 405 nafar deputatidan 389 nafari iştirok etdi, 379 nafari Şavkatjon Abdurazzoqovni yoqlab ovoz berdi. Şu taxlit viloyat hokimi senator etib saylandi.

Ma'lumot uçun, Şavkatjon Abdurazzoqov 1976 yilda Namangan şahrida tuğilgan. 1998 yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2006 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Iqtisodiy noçor korxonalar işlari böyiça Namangan viloyat boşqarmasi yetakçi mutaxassisligidan boşlagan.

2001–2015 yillarda Namangan viloyati hokimligi industriyani rivojlantiriş, quriliş va kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati referenti, Namangan viloyati Davlat mulkini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining örinbosari, boşqarma boşliği vazifasini bajaruvçi, boşqarma boşliği, Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari yiğma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleks rivojlantiriş şö'basining yetakçi mutaxassisi, boş mutaxassisi bölib işlagan.

2015–2017 yillarda Namangan tumani hokimi bölgan. 2017 yili Vazirlar Mahkamasi Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş hamda iste'mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri etib tayinlangan.

2017–2020 yillarda Namangan şahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil 5 martdan Özbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimida işlagan.

Abdurazzoqov 2020 yil 25 sentyabrida Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. 2021 yil 19 fevralda uşbu lavozimga tasdiqlandi.