Anjumandan söng vazirlik vakili Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi. Vazirlik boşqarma boşliği Uluğbek Qodirov safarbarlik çaqiruvi rezerviga harbiy xizmat (xalq tilida «1 oylik armiya») uçun badal pullari tölangan taqdirda, agar fuqaro xizmatga borişdan boş torsa, qanday çora körilişi masalalariga töxtalib ötdi.

«3-4 yil oldin safarbarlik çaqiruvi rezerviga ötib, tölovini yuz foiz qoplagandan söng bironta iş bilan maşğul bölgan taqdirda majburan «borasan» deb aytilmaydi.

Ya'ni, uning şaroiti inobatga olingan holda, u 27 yoşgaça bemalol borib kelişi mumkin. Bunday holatda heç qanday qonuniy çora köriş degan narsalar közda tutilmagan.

Şuningdek, OTM talabalari safarbarlik çaqiruvi rezerviga ötişga istagi bor, lekin ular öqiydi. Şu sababli ötgan yili tegişli qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritildi. Ya'ni, talabalar öqiş davomida öz xohişi bilan safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga ötişi, öz xohişi bilan şartnoma tuzişi mumkin. Pul badali tölab bölingandan söng faqat yozgi ta'til vaqtlari talabalarni xizmatga jalb qiliş mumkin. Boşqa vaqt harbiy xizmatga olib ketiş mumkin emas», dedi Uluğbek Qodirov.