Qarorga köra, Qurolli Kuçlar safiga muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun çaqirilgan fuqarolar uçun quyidagi imtiyoz va kafolatlar beriladi:
2026/2027 öquv yilidan boşlab:
- muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarga xizmatni ötaş davrida oliy ta’lim taşkilotlari bakalavriatining masofaviy ta’lim şakliga abituriyent sifatida röyxatdan ötiş, kiriş imtihonlarida iştirok etiş va natijasiga köra öqişga kirişga ruxsat beriladi. Bunda oliy ta’lim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilingan askarlarga qonunçilikda belgilangan tartibda imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
- muddatli harbiy xizmatni ötaş davrida oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qilingan askarlar oliy ta’lim taşkilotlarining harbiy tayyorgarlik öquv markazlarida öqigan talabalarga tenglaştiriladi va öqişni tamomlagandan söng ularga belgilangan tartibda “zaxiradagi leytenant” harbiy unvoni beriladi;
- muddatli harbiy xizmatni namunali ötagan, respublika va xalqaro sport musobaqalarida yoki fan olimpiadalarida 1-örinni qölga kiritgan askarlar orasidan 100 nafari tanlov asosida saralanib, oliy harbiy va oliy harbiylaştirilgan ta’lim muassasalariga dastlabki saralaş va maxsus kasbiy tanlov natijalariga köra test sinovlarisiz yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz belgilangan yillik kvota doirasida bevosita öqişga qabul qilinadi;
- muddatli harbiy xizmatni ötaş davrida Olimpiya va Osiyo öyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari böyiça respublika hamda xalqaro musobaqalarda 1-örinni qölga kiritgan askarlar Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga (mos yönalişlarga) kiriş sinovlarisiz davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.
Qarorga köra, 2027 yil 1 apreldan boşlab muddatli harbiy xizmatni ötagan yoşlarga davlat organlari va taşkilotlariga işga kirişda test sinovlari natijalariga köra özlari töplagan ballning 10 foizi miqdorida qöşimça ball şaklidagi imtiyoz beriladi.
2026 yil 1 maydan boşlab askarlarni kasbga öqitişga jalb etilgan pedagoglarga maşğulotlarni ötkazganlik uçun soatbay asosida iş haqi tölanadi.
2026 yil 1 maydan muddatli harbiy xizmatni ötab bölgan hamda xususiy sektorda faoliyat yuritmoqçi bölgan yoşlarni, şuningdek, askarlarni harbiy qismlarda kasbga öqitiş xarajatlarini Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan qoplab beriş amaliyoti yölga qöyiladi.












