Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilarning murojaatlari asosida faoliyati «şubhali» deb topilgan korxonalarda kameral soliq tekşiruvlari taşkil etilgan. DSQ axborot xizmati ma'lum qilişiça, joriy yilning 1 mart holatiga köra, respublika böyiça jami 7441ta korxonada 822,5 milliard sömlik asossiz hisob (zaçyot)ga olingan qöşilgan qiymat soliği (QQS) summalariga aniqlik kiritiş böyiça kameral soliq tekşiruvlari yakunlangan.
Natijada:
- 7321ta, ya'ni 98,4 foiz korxonada (762,4 milliard söm) «soxta» operatsiyalarni amalga oşiriş faktlari tasdiqlangan;
- şundan, 106ta (12,1 milliard söm) taşkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zaçyot)ga oliş fakti qisman tasdiqlangan;
- 120ta, ya'ni nazorat tadbirlari ötkazilgan 1,6 foiz soliq tölovçilar tomonidan 18,6 milliard sömlik QQS summasini töğri hisob (zaçyot)ga olgani holatlari böyiça asoslovçi hujjatlar taqdim etilgan. Şu sababli ulardan ortiqça olingan mablağlarni qaytariş böyiça tezkor jarayonlar boşlangan.
Şuningdek, kameral soliq tekşiruvlari jarayonida 156ta korxona tomonidan QQS summasini töğri hisobga oliş bilan boğliq yöl qöyilgan boşqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 milliard sömlik qöşimça soliqlar belgilangan.
DSQ tomonidan tölanişi lozim bölgan soliq summalarini noqonuniy kamaytirişga qaratilgan şubhali bitimlarni amalga oşirgan 396ta tadbirkorlik sub'yektlarining röyxati şakllantirilgandi.
«Obnalçi firmalar» bilan kuraş boşlangani, «obnalçilar» mojarosi yuzasidan tadbirkorlarning noroziligi haqida ma'lumot berilgandi.
Davlat soliq qömitasining «Lozim darajadagi ehtiyotkorlik» tizimi orqali aniqlangan 396ta şubhali korxona bilan aloqada bölgan 2960ta korxona, dastlabki tekşiruv natijalariga köra, soliq xavfi past bölgani uçun hisobraqamlariga kiritilgan inkasso topşiriqlari joriy yil birinçi martiga qadar bekor qilingan.
DSQ raisi Şerzod Kudbiyev Şubhali korxonalar bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlardan budjetga tölanmagan QQS summasi undirilişi – «obnalçilar» masalasi yuzasidan tadbirkorlar bilan oçiq muloqot qilib, tadbirkorlarga QQS summasini tölaş uçun 6 oylik amnistiya berilişi ma'lum qilingandi.
Ekspert Yuliy Yusupov Davlat soliq qömitasining «obnalçi»larga qarşi olib borayotgan xatti-harakatini soğlom fikr va qonunni mazax qiliş deb baholagan.











