Davlat soliq qömitasining raisi, rais örinbosarlari, mas'ul departament direktorlari 23 fevral kuni «obnalçilar» mojarosi yuzasidan tadbirkorlar bilan oçiq muloqot qildi.

Unda DSQ raisi Şerzod Kudbiyev masala yuzasidan tadbirkorlar tomonidan söralgan «moliyaviy amnistiya» qöllanilişiga doir ayrim mulohazasini bildirdi.

«Agar tadbirkor DSQga ariza bilan murojaat qilsa, biz arizani körib çiqamiz va tölanmagan QQS summasini tölaş uçun «obnalçilar» bilan işlagan tadbirkorlarga olti oylik amnistiya beriladi. Ya'ni tölanmagan soliqni hisoblab, olti oy muddatga teng bölib tölaş imkoniyati beriladi.

Bundan taşqari, 1 aprelgaça «obnalçi» korxonalar bilan işlagan tadbirkorlar öz istagi bilan töğri hisobot topşirsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Şuningdek, soliq tartibini buzgani uçun  20 foizlik jarima ham qöllanilmaydi. Agar şunga kelişsak, men bu haqda axborot tayyorlayman, yuristlar körib çiqadi. Bu qonunçilikka özgartirişlar kiritiş va Oliy Majlis deputatlari roziligi bilan amalga oşadi»,– dedi qömita raisi.

y1JHVJYdcqXtqqr-QZtWu141GQTdR4Gs.jpg (1280×853)
DSQ raisi Şerzod Kudbiyev

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, olti oylik amnistiya davrida ham hisoblangan QQS summasini tölay olmagan tadbirkorlik sub'yektlariga inkasso topşiriqlari qöyilişi ma'lum qilingan.

Şuningdek, muloqotda iştirok etgan tadbirkorlardan biri olti oylik muddat hisoblangan soliq qarzlarini tölaşga yetarli emasligini, sababi unda 7 ta korxonasi borligi, amnistiya tölanmagan summaga nisbatan belgilanişini taklif etgan. DSQ raisi tomonidan muddat faqat 6 oyligini, hali örtada jinoiy iş oçmaslikka harakat ketayotgani bildirildi.

Tadbirkorlar bilan suhbat davomida şubhali korxonalar röyxati e'lon qilinmagan davr uçun «obnalçilar» bilan işlagan tadbirkorlar javobgar bölayotganiga ham izoh berildi.

«Soliq idoralari şubhali korxonalar röyxatini körsatib berişga majbur emas, bu heç qayerda yozilmagan. Soliq tölovçining özida, 2020 yil 1 yanvardan soliq kodeksi amalga kirgandan beri  ehtiyotkor böliş majburiyati bor. Şu sababli tölanmagan QQSni undiriş şubhali korxonalar röyxati e'lon qilingan davrdan keyin amal qiladi, degan gap ötmaydi. Tadbirkor öz hamkori haqida töliq ma'lumotga ega bölib, ehtiyotini qilib işlaşi kerak», – dedi Kudbiyev.