Oliy sud raisining örinbosari Ikrom Muslimov raisligida bölib ötgan oçiq sud majlislarida har bir ayolning kassatsiya tartibida bergan arizasi qonun doirasida batafsil örganildi.

Qayd etilişiça, mahkuma ayollar jazoning asosiy qismini ötagani, qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, jazoni ötaş jarayonida özining ijobiy jihatlarini namoyon etgani inobatga olingan.

Sud ajrimi bilan sodir etgan jinoyati uçun tayinlangan jazoning asosiy qismini ötagani, qilmişiga iqror va puşaymon bölgani, yoşi hamda kafolat xatlari inobatga olinib, 14 nafar ayolning tayinlangan jazolari yengillaştirilib, jazodan ozod qilindi. Şuningdek, 2 nafar mahkuma ayolga tayinlangan jazolar yengillaştirildi.