Hukumat qarori bilan uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirining örinbosari vazifasini bajaruvçi tayinlandi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 mart kungi 115-son qarori bilan Qurbon Ibrohimoviç Tursunov uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirining örinbosari vazifasini bajaruvçi lavozimida iş boşladi.
Qurbon Tursunov «Issiqlik manbai» DUK direktori, «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi» boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Şerzod Hidoyatov Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri etib tayinlangandi.
Ş. Hidoyatov öz faoliyatini bir qator korxona va taşkilotlarda samarali boşlab, «Tashkent city» xalqaro işbilarmonlik markazi hududida obektlarni quriş va ulardan foydalaniş direksiyasi direktori, quriliş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.












