Şerzod Hidoyatov 2019 yil sentyabridan buyon Quriliş vazirining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi. U 2018 yil aprelidan buyon uşbu lavozimida işlab kelgan Botir Zokirov prezident farmoni bilan quriliş vaziri etib tayinlanişi ortidan vazirlikka kelgandi.

6 yanvar kuni faoliyatida kamçiliklarga yöl qöygani uçun quriliş vaziri Botir Zokirov prezident tomonidan ogohlantirilgani xabar qilingan edi. Şuningdek, uşbu yiğilişdan söng davlat rahbarining 5 yanvardagi farmoniga binoan uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Muzaffar Soliyev işdan olingandi.

Şerzod Hidoyatov 1980 yil 20 avgustda Toshkent şahrida tuğilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining Taşkiliy-nazorat boşqarmasi umumiy bölimida nusxa köçiriş böyiça nozirlikdan boşlagan. Turli yillarda bir qator korxona va taşkilotlarda mehnat qilgan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining Taşkiliy-nazorat boşqarmasida turli vazifalarda, «NORDLINK ALIMINIUM BUILDING MATERIALS» mas'uliyati çeklangan jamiyati xorij korxonasi direktorining örinbosari, «DREAM PRODUCTION» mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi qöşma korxonasi direktori, «Toshkent transformator zavodi» aksiyadorlik jamiyati boş direktori, «DURABEL BETON» mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil mayida Toshkent şahri hokimiga aylangan Jahongir Ortiqxöjayev örniga «Tashkent city» xalqaro işbilarmonlik markazi hududida obektlarni quriş va ulardan foydalaniş direksiyasi direktori etib tayinlangan.