Masjid mas'ul xodimlarining ma'lum qilişiça, loyiha 2000 metr kvadrat maydonda milliy va zamonaviy uslublarning özaro uyğunligi asosida barpo etilgan va 4500ga yaqin namozxonni öz bağriga siğdiradi. Bu yerda ayollar uçun alohida tahoratxona va namozxona ham qurilgan.

Masjidning asosiy xonaqohi ikki qavatdan iborat. Bundan taşqari, bu yerda yertöla, anjumanlar zali, sayt faoliyati uçun alohida videostudiya mavjud.

Masjid qurilişi 2019 yilda boşlangan hamda ikki yil davomida haşar yöli bilan homiylar kömagida barpo etilgan.

Özbekiston musulmonlari idorasi ma'lumotlariga köra, Toşkentning Qoraqamiş mavzesida joylaşgan «Siroj solih» jome masjidi sobiq şörolar davridagi qatağon siyosati oqibatida öz yurtidan çiqib ketişga majbur bölgan Sirojiddin Solih ismli vatandoş vasiyatiga binoan, 1990-yillarda uning mablağlari hisobidan qurilgan.

Mustaqillik yillaridan to 1996 yilgaça mahalliy masjid bölgan, 1996 yildan jome masjid maqomida faoliyatini boşlagan. 2009 yilda ta'mirlangan, 2019 yildan esa masjidni butunlay qayta quriş işlari boşlangan.