O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi ma'lum qilishicha, respublikada so‘nggi uch yilda 256ta masjid qaytadan qurilib, 308tasi kapital ta'mirlandi.

Qayd etilishicha, ayni paytda 218ta masjid butunlay yangi loyiha asosida qaytadan qurilmoqda. Ularning bir qismi shu yili bitkazilib, mo‘min-musulmonlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.

Musulmonlar idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda quyidagi markaziy masjidlar foydalanishga topshiriladi.

1. "Xonobod" masjidi

Manzil: Toshkent viloyati Ohangaron shahri

Sig‘imi: 4000 kishi

Me'moriy uslubi: Eklektika

Foydalanishga topshirilish vaqti: 2021 yil avgust oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.

2. "Akbarali ota" masjidi

Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston tumani

Sig‘imi: 1500 kishi

Me'moriy uslubi: sakkiz burchak

Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi

Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, keng avtoturargoh

3. "Xoji Abdulloh al Ansoriy" masjidi

Manzil: Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani

Sig‘imi: 2000 kishi