Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Viktor Lukaşenkoni Belarus milliy olimpiya qömitasining prezidenti deb tan olmaslikka qaror qildi. Bu haqda XOQning kommunikatsiyalar böyiça direktori Mark Adams ma'lum qildi.

"XOQ Viktor Lukaşenkoni milliy olimpiya qömitasining prezidenti sifatida tan olmaydi", - dedi Adams.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning tönğiç öğli Viktor Lukaşenko 26 fevral kuni milliy olimpiya qömitasi prezidenti lavozimini egallagandi. U qömitani 1997 yildan buyon boşqarib kelgan otasining örniga prezident etib saylandi.  

Uşbu tayinlov xalqaro olimpiya qömitasining sanksiyalari bilan boğliq bölişi mumkin. Çunki XOQ 2020 yil dekabrda Belarus prezidentining uşbu taşkilot şafe'ligida ötkaziladigan barça tadbirlarda qatnaşişini taqiqlagandi.

 Ötgan yili Belarus prezidentligiga ötkazilgan saylovdan keyin 1000ga yaqin sportçi kuç işlatiş tizimlarining zöravonligiga qarşi maktubga imzo çekkandi.