«Olimpiya öyinlari va XOQ tomonidan taşkil etiladigan boşqa har qanday musobaqalarda ayollar toifasidagi tadbirlarga, şu jumladan individual va jamoaviy sport turlariga endi faqat SRY (Sex-determining Region Y) geni böyiça bir martalik test asosida aniqlangan biologik ayollar qöyiladi», deyiladi XOQ bayonotida. Bu haqda BBC xabar berdi.

XOQ ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, SRY geni mavjudligini sportçining erkak jinsiy rivojlanişini boşdan keçirganligi dalili deb hisoblaydi. Uşbu genni sölak yoki qon namunasi yordamida tekşiriş mumkin, deyiladi qömita bayonotida.

Agar test salbiy natija körsatsa, sportçi ayollar musobaqalarida qatnaşiş huquqini umrbod qölga kiritadi. XOQ bir neçta istisnolarga yöl qöyadi, masalan, agar sportçida androgenlarga töliq sezuvçanlik sindromi taşxisi qöyilgan bölsa.

Testdan ijobiy natija olgan sportçilar boşqa toifalarga kiritiladi: erkaklar, aralaş (lekin ular faqat erkaklar sifatida çiqişi mumkin) va jinsi böyiça tasniflanmaydigan sportçilar.

Yangi qoidalar 2028 yilda Los-Anjyelesda (AQŞ) bölib ötadigan Olimpiadadan boşlab amal qiladi. Köngiloçar va ommaviy tadbirlarga tatbiq etilmaydi.

AQŞda 2025 yil fevral oyidan boşlab transgender sportçilarning ayollar musobaqalarida iştirok etişi taqiqlandi. Bu Donald Trampning XOQ darajasida ham taqiqqa erişişga va’da bergan birinçi farmonlaridan biri edi.

XOQ fikriça, transgender sportçilarning ayollar musobaqalarida iştirok etişini taqiqlaş «ayollar toifasida adolat, xavfsizlik va halollikni himoya qiladi».

XOQ içidagi maxsus işçi guruh ilmiy tadqiqotlarni örganib çiqib, «erkak jinsi kuç, quvvat yoki çidamlilik muhim bölgan barça musobaqalar va tadbirlarda ustunlik beradi», degan «yakdil xulosaga» keldi. Bundan taşqari, guruh qaror qabul qilişda sportçilarning özi bilan ham onlayn, ham kengaytirilgan intervyular doirasida sörov ötkazdi.

Endi yangi qoidalarni alohida sport federatsiyalari va milliy olimpiya qömitalari qabul qilişi kerak.

Olimpiadada transgenderlar köpmi?

Associated Press naşriga köra, qança transgender ayol Olimpiada darajasidagi sport musobaqalarida iştirok etgani aniq emas. Parij-2024 Olimpiadasida tuğilganida jinsi erkak deb belgilangan birorta transgender sportçi yöq edi.