Qayd etilişiça, viloyatning Uçquduq, Tomdi tumanlari va Zarafşon şahrida 12 martdan 13 martga ötar keçasi kuçli şamol esib, qor yoğdi.
Oqibatda, elektr tarmoqlari tizimida nosozliklar kelib çiqqan, ayrim hududlarda aholi elektr energiyasiz qolgan.
Ayni paytda elektr ta'minoti korxonalari xodimlari tomonidan noqulay ob-havo şaroiti tufayli yuzaga kelgan vaqtinçalik uzilişlarni bartaraf etiş işlari kuçaytirilgan tartibda olib borilayotgani aytiladi.
Avvalroq, Xorazm viloyatining köplab hududlari elektr energiyasiz qolgani xabar qilingandi.
«Özgidromet» xabariga köra, bugun kunduz kuni respublika barça hududlariga nam havo massalari tarqaladi, respublika hududining köp qismida yomğir yoğadi, ba'zi joylarda kuçli böladi.
Qoraqalpoğistonda ba'zi joylarda biroz qor yoğişi mumkin, Xorazm viloyatida qor yoğadi, ba'zi joylarda kuçli böladi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida böladi, şimoliy hududlarda 3-8 daraja sovuqqaça pasayadi.












