«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, shimoliy hududlarda 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-14 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9 daraja iliq bo‘ladi.