Özbekiston Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari töğrisidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Joriy yil 1 mart holati böyiça, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari 1,1 mlrd dollarga kamayib, 33,2 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Taqqoslaş uçun, 2021 yil 1 yanvar holati böyiça respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, 1 fevral holati böyiça esa 34,3 mlrd dollarni taşkil etgan.

Oltin-valuta zaxiralarini hisoblaş metodikasi Xalqaro valuta jamğarmasi standartlari asosida yuritiladi. Özbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma şaklidagi monetar oltindan iborat.

Ötgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,2 million troya unsiyasiga (6,2 tonna) oşganligiga qaramay, jahon bozorida oltin narxlari arzonlaşişi sababli oltin zaxiralarining narxi 0,5 million dollarga pasaydi.

Ma'lumot uçun, 1 unsiya 31,1 grammga töğri keladi.

Bundan taşqari, xorijiy valuta aktivlari ham ötgan davr mobaynida 0,5 million dollarga kamaygan. Bu böyiça Markaziy bank ma'lumot bermagan.

Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 mart holati böyiça oltin 19,73 mlrd dollarni, xorij valuta aktivlari esa 13,14 mlrd dollarni taşkil etmoqda.