2017 yil yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi oltin zaxirasi 26,6 milliard dollarga teng, deb baholandi. Bu haqda Markaziy bank Axborot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank raisi birinçi örinbosari Timur Işmetov joriy yil 1 yanvardan boşlab bank faoliyati va oltin zaxirasi haqida şaffof ma'lumotlar ommaviy e'lon qilinişini ma'lum qilgandi. Şunga qaramay, hisobotlar öz vaqtida çop etilmadi.

Markaziy bank raisi örinbosari Adham Haydarov uşbu masalaga töxtalib, Kun.uz muxbiriga aniq ma'lumotlar tez orada e'lon qilinişi ma'lum qilgandi.

2017 yilning I yarim yilligida bank aktivlari 26 foiz yoki 19,3 trillion sömga, jumladan, kredit qöyilmalari 34 foizga yoki 17,3 trillion sömga ösdi.

Kreditlaştirişning ösişi asosan soha va hududlarni rivojlantiriş davlat dasturlarining investitsion loyihalarni moliyalaştiriş, kiçik biznes sub'yektlari va xususiy tadbirkorlikni kreditlaştiriş, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni boşlayotgan aholini qöllab-quvvatlaşiga töğri kelgan.

Banklarning kredit faolligi oşişi 2017 yilning I yarim yilligida milliy valyutadagi pul massasining 15 foizga ösişiga olib keldi va bu iqtisodiyotda narx darajalarining oşişiga ta'sir körsatdi.

Paydo bölgan vaziyatda inflyatsiya jarayonlarini jilovlaş va pul massalari ösiş sur'atlarini çeklaş maqsadida 2017 yilning 28 iyunidan boşlab Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasi 9 foizdan 14 foizga kötarildi.

Pul-kredit siyosatining qat'iylaştirilişi monetar omillarning inflyatsiya darajasiga ta'sirini bosqiçma-bosqiç pasaytiriş va asosiy pul-kredit körsatkiçlarining mustahkam aksilinflyatsiya dinamikasini şakllantiriş imkonini berdi. Xususan, milliy valyutadagi pul massasi ikkinçi yarim yillikda 4,7 foizga kamaydi va natijada 2017 yil böyiça uning ösişini umumiy 9 foiz darajada saqlab qoliş imkonini berdi.

2017 yilning ikkinçi yarim yilligida pul-kredit siyosatini özgartirilişini belgilab bergan asosiy makroiqtisodiy omillardan biri valyuta siyosatining liberallaştirilişi böldi.

Körilgan çoralar sentabr-dekabr oylarida banklarning xorijiy valyutalarning oldi-sotdisida örtaça oylik hajmlari 2017 yilning birinçi yarim yilligiga nisbatan barqaror oşib borişini ta'minladi: yuridik şaxslar tomonidan xaridlar soni 60 foizga oşdi, sotiş esa 4 barobarga köpaydi. Aholi öz valyuta mablağlarini tijorat banklarining ayriboşlaş şoxobçalarida bozor kursida sotiş imkoniga ega böladi.