O‘zbekiston xalqaro zaxiralaridagi monetar oltin hajmi qariyb 10 tonnaga oshdi
Aprel oyi davomida O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 1,5 milliard dollarga ko‘paydi. Buni oltin narxi tiklana boshlashi va monetar oltin hajmi oshgani bilan izohlash mumkin.

Foto: Akio Kon/Bloomberg
Joriy yil 1 may holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 34,1 milliard dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun, 1 aprel holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 32,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Oltin-valuta zaxiralarining keskin oshishiga oltin narxi unsiyasi uchun 1685,35 dollargacha pasayishidan keyin, 1830 dollargacha qimmatlashini sabab sifatida keltirish mumkin. Shuningdek, o‘tgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,3 million troya unsiyasiga (9,33 tonna) oshganini ham kuzatishimiz mumkin.
Ma'lumot uchun, 1 unsiya 31,1 grammga to‘g‘ri keladi.
Oltin-valuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valuta jamg‘armasi standartlari asosida yuritiladi. O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Bundan tashqari, xorijiy valuta aktivlari ham o‘tgan davr mobaynida 75 million dollarga oshgan.
Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 may holatida oltin 20,7 mlrd dollarni, xorij valuta aktivlari esa 13,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
-
24 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:21 / 24.04.2025
-
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:08 / 24.04.2025
Mavzuga oid

16:06 / 20.03.2021
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari yana kamaydi

21:28 / 16.01.2018