Dunyo koronavirus halokatiga birga duchor bo‘ldi, endi uning domidan ham birga chiqish kerak. Faqat rivojlanayotgan dunyoni to‘laligicha emlabgina AQSh va boshqa yetakchi davlatlarning iqtisodi pandemiyadan to‘la xalos bo‘lishi mumkin. Baxtga qarshi COVAX tashabbusi halitdan mablag‘ taqchilligi muammosiga duchor bo‘lyapti – ushbu satrlar bitilayotgan damda 23 milliard dollar. Pandemiyani tugatish barcha joyda topqirlik, kuchli diplomatiya va tezda amaliy harakat qilishni talab qiladi – aytaylik, o‘sha budjet taqchilligini yopish uchun innovatsion iqtisodiy choralarni qo‘llash. Bunga yetishga oz qoldi.
Shu kungacha koronavirus millionlarning hayotiga zomin bo‘ldi, milliardlab odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Pandemiyaga bo‘lgan nohaq va yetarsiz javob dunyoni ikkiga bo‘lyapti. Rivojlangan iqtisod, fiskal va monetar salohiyat va vaksinalarga barvaqt ega bo‘lish imkoni pandemiya bu yildan keyin ham davom etishiga ishora qilmoqda. Fiskal salohiyat, vaksina va boshqa davo choralariga imkoniyati kamroq bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar esa yuz minglab qurbonlar berib, qashshoqlik, ocharchilik va kasallik domidan qutulolmay pandemiyadan yillar davomida jabr ko‘rib yurishi ehtimoli yuqoriligini ko‘rsatyapti.
Inqiroz qancha uzoq davom etsa, oradagi farq shuncha kattalashadi, ikki dunyo o‘rtasidagi jarlik kengayib boraveradi va barchamiz uchun sog‘liqni saqlash, iqtisod va alaloqibat xavfsizlik masalalarida risklar paydo qiladi. Virusning emlanmagan mamlakatlarda paydo bo‘ladigan vaksinaga chidamli variantlari immunizatsiya qilingan mamlakatlarga tezda tarqalishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlar oqibatlar bilan kurashish va ortga ketishda davom etganda rivojlangan davlatlar bundan jabr ko‘rishi aniq. Pandemiya sharoitlari va qulashlar oqibatida bu davlatlar boshqalarga tartibsizlik hatto urush xavfini ham tug‘diradi.
Binobarin, bunday davlatlarda diqqat qaratalishi kerak bo‘lgan muammolar ko‘p bo‘lsa ham eng muhim qadam butun dunyoni emlashdir. Afsuski, vaksina taqsimoti juda noteng va adolatsiz bo‘lyapti. Bloomberg bergan ma'lumotga ko‘ra, AQSh aholisining 22 foizi bir doza bo‘lsada vaksina olgan bo‘lsa, Ganada bu ko‘rsatkich 0,7 foizni tashkil qiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda bunday past ko‘rsatkich bilan virusning yangi versiyalari paydo bo‘lishi va tarqalishidan qochib bo‘lmaydi. Bunday variantlar yanada yuqumli, ko‘proq o‘limga sabab bo‘luvchi va mavjud vaksina va davolash choralariga chidamli bo‘lishi mumkin.
Xalqaro Tijorat tadqiqot jamg‘armasi palatasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda















