Prezidentning «Quriliş jarayoni iştirokçilarining mas'uliyati va javobgarligini oşiriş, quriliş sohasida nazoratni kuçaytiriş va sifatini tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Quriliş vazirligi, Qurilişda nazorat inspeksiyasi, Qurilişda standartlaştiriş respublika markazi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda 2017-2020 yillar davomida qurilgan va foydalanişga qabul qilingan hamda foydalanişga qabul qiliş jarayonida bölgan barça binolarni 2021 yil davomida töliq qayta nazoratdan ötkazadi.
Nazorat işlari natijasi böyiça:
- quriliş sohasida aniqlangan qonunbuziliş holatlari böyiça aybdor mansabdor şaxslarga çora köriş uçun prokuratura organlariga kiritadi;
- quriliş sohasida aniqlangan va bartaraf etilişi mumkin bölgan barça xato-kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça buyurtmaçilarga körsatmalar kiritilişi va bajarilişini ta'minlaydi;
- amalga oşirilgan işlar töğrisida 2021 yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
Madaniyat vazirligi Quriliş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda:
- YuNeSKO umumjaxon merosi röyxatiga kiritilgan şaharlarning tarixiy hamda muhofaza (bufer) hududlarida joylaşgan obektlar aniq röyxatini şakllantiradi;
- 2021 yil 1 dekabrga qadar uşbu hududlardagi obektlar;
- şu jumladan ular atrofini qayta ixtisoslaştiriş va rekonstruksiya qiliş tartibini aniq belgilaş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.








